2024-yil yanvar-fevral oylarida 22,9 mln. AQSh dollarilik 24,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,1 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (26,0 %), Turkiya (13,5 %), XXR (10,7 %), hamda Ozarbayjon (10,3 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati