Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga tizimda yo‘l qo‘ymaslik choralariga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning kun tartibidagi masala yuzasidan axboroti tinglandi.
Jumladan, korrupsiya nimaligi, uning oqibatlari qanday sodir bo‘lishi va bu illatning jamiyatdagi xavf-xatarini har bir xodim anglashi kerakligi shuningdek, korrupsiya bilan kurashishda doimo davlat organi mas’ul emasligi, bu illatga qarshi hamma birdek kurashish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Korrupsiya mohiyatini anglagan har bir inson qaysi format yoki bosqichda bo‘lmasin, o‘z faoliyati doirasida kurashga hissa qo‘shishga intilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda strategiyani o‘zgartirish kerak, ya’ni uning oqibatlari bilan emas, sabablari bilan kurashish lozim.
Axborot xizmati