09/04/2024

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Qarori mazmun mohiyati haqida so‘z yuritildi.

 

    Qarorga ko‘ra, 2024-yil yakuniga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta’minlash maqsadida:

rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma’lumotlari Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

 BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘riladi.

Seminarda Qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi, shuningdek, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech