2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 897 nafarga yoki 6,7 % ga oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha (nafar):
qarindoshlarni yoʻqlash – 6 393;
sayyohlik – 5 363;
xizmat yuzasidan – 2 238;
tijorat – 243;
oʻqish – 19;
davolanish – 11.
Axborot xizmati