O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2024-yilning 19-aprel kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
Davlat tilini rivojlantirish hamda nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar
Ma’ruzachi: Inomjon Azimov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Eng mukammal kun tartibi” mavzusidagi videorolik namoyishi
"Konstitutsiyaviy savodxonlik” rukni
“Mutolaa vaqti” ruknida Bo Bennettning Mantiqiy xato: To‘g‘ri fikrlash qo‘llanmasi
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati