2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 922 tasi yoki 89,7 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki:
-97,2 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati
2023-yilning mos davriga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi;
-yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,0 foizni, o‘sish sur’ati 125,0 foizni tashkil etdi;
-yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,8 foizini, o‘sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati