Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024–yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi
5 849,4 mlrd. so‘mni yoki 2023–yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 5 531,8 mlrd. so‘m (103,5 % ni), o‘rmon xo‘jali 243,3 mlrd. so‘m (100,1 % ni), baliq xo‘jaligi 8,9 mlrd. so‘m (186,9 % ni) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,9 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati