Kichik korxona va mikrofirmalar faoliyati natijalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuv maʼlumotlari natijasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning ishbilarmonlik muhiti holati tahlil qilinganda, korxonalar tomonidan o‘zlarining umumiy iqtisodiy vaziyatini joriy davr uchun qulay deb baholagan korxonalarning soni 2019-yilning I choragida 318 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilning I choragiga kelib esa 892 taga yetgan yoki 2019-yilning I choragiga nisbatan 574 taga oshgan.
Shuningdek, iqtisodiy vaziyatini qoniqarli deb baholagan korxonalarning soni 2019-yilda 674 ta bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-martida 972 ta yoki 298 taga oshgan.
O‘z nabatida, iqtisodiy vaziyatini qoniqarsiz deb hisoblagan korxonalarning ulushi esa 2019-yilda 112 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 123 tani tashkil etgan va bu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 11 taga oshgan.
Axborot xizmati