2024–yining 1–aprel holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 4,9 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 94,7 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 0,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 7,1 % fermer xo‘jaliklariga, 87,4 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 5,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 13,6 % fermer xo‘jaliklariga, 84,3 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 2,1 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 38,0 % fermer xo‘jaliklariga, 43,2 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 18,8 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati