27/05/2024

    2024-yilning 24-may kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand chet tillar instituti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov tomonidan 2024-yilning 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi, Prezident qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi tizimi 2024-yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi;

2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi;

xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

“STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Davra suhbati davomida shuningdek, doimiy aholi soni, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida tushunchalar berib o‘tildi.

Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga F. Shukurov tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech