2024-yilning 29-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi mutaxassisi N. Eshkobulov tomonidan Payariq tumanida “Shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma” kuzatuvlarni sifatli tashkil etish, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish va kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligi oʻrganildi.
Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan planshet qurilmalariga qayd etib borildi.
Shuningdek, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun mas’ul xodimlarga tegishli tafsiyalar berildi.
Axborot xizmati