2026-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonga 14 251 nafar Belarus fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga oshgan.
Belarus fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 7 053 nafar, xizmat yuzasidan 5 688 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 1 502 nafar, davolanish uchun 5 nafar va o‘qish uchun 3 nafar tashrif qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistondan Belarusga jami 1 101 nafar fuqaro turistik maqsadlarda safar qilgan.
O‘zbekistonliklarning ham safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 914 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 121 nafar, xizmat yuzasidan 31 nafar, o‘qish uchun 28 nafar hamda davolanish uchun 7 nafar fuqaro safar qilgan.

Axborot xizmati



