10/07/2026

    2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

    Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.

    Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 343 584 ta (79,7 %);

Xususiy korxonalar – 46 515 ta (10,8 %);

Oilaviy korxonalar – 36 697 ta (8,5 %);

Aksiyadorlik jamiyati – 645 ta (0,2 %);

Boshqalar – 3 496 ta (0,8 %).

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech