Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2026-yil 30-iyundagi “Ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 58-son bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda rasmiy hujjatlar, axborot materiallari, ommaviy chiqishlar va statistik ma’lumotlarni tayyorlash jarayonida adabiy til me’yorlariga rioya qilish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalardan to‘g‘ri foydalanish masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilarga Atamalar komissiyasi tomonidan rasmiy muomalaga kiritilayotgan yangi so‘z va atamalarni amaliyotda qo‘llash, hujjatlar va axborot materiallarini tayyorlashda ularning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir, davlat tilining nufuzini oshirish, rasmiy yozishmalarda terminologik aniqlikni ta’minlash hamda statistika sohasida tayyorlanayotgan materiallarning sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati



