2024-yil 1-may holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 966 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 8 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 958 tani tashkil qildi.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 350,9 mlrd. so‘mga yetdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,0 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 82,3 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati