2024-yil yanvar-aprel oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 156,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,7 % ni tashkil qildi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 28,0 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan va poʻlat (97,4 mln. AQSh dollari), toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, boshqa joyda tasniflanmagan tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (25,6 mln. AQSh dollari), metalldan tayyorlangan buyumlar boshqa joyda tasniflanmagan (8,4 mln. AQSh dollari), Rezina buyumlari, boshqa joyda tasniflanmagan (7,6 mln. AQSh dollari), va boshqalardan tashkil topgan.
Axborot xizmati