O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining mahallalarini xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy rejani tuzishga doir mutaxassisi S. Guseynov ishtirok etib o‘zining tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.
Tumanni tashkiliy rejasini tuzish jarayonida xaritada aks ettirilgan aholi soni hamda har bir ro‘yxatga oluvchi xodimga belgilangan o‘rtacha yuklamadan kelib chiqib mahalla xaritalarida hisob uchastkalari chegaralari chizilgan holda ajratilmoqda. Shuningdek, hisob uchastkalarini birlashtirish asosida instruktorlik uchastkalari hamda ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, hududlarda mavjud maxsus muassasa, tashkilotlar va ularda doimiy yashovchi aholi sonini aniqlash orqali mazkur muassasa, tashkilotlarda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish uchun jalb qilinadigan xodimlar sonini aniqlash hamda bu orqali ushbu xodimlarni o‘qitish uchun joy, ro‘yxatga olish hujjatlari va shu kabilar bilan ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishga jalb qilinadigan ro‘yxatga oluvchi xodimlar sonini aniqlash hamda roʻyxatga olish, instruktorlik uchastkalarni joylashtirish uchun binolar sonini aniqlash imkonini beradi.
Hududiy statistika boshqarmalarida amalga oshirilayotgan ishlar
2025-2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish va sifatli o‘tkazishda xizmat qiladi.
Axborot xavfsizligi