2024-yilning yanvar-iyun oylarida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 1 904,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,8 % ga oshdi. Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 379,6 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 2,1 m.), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyetklari savdo hajmi 1 525,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 125,2 %) tashkil qildi.
Axborot xizmati