2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 400,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,1 % ga o‘sgan.
Sabzavot yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (17,7 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, Andijon (17,5 %), Fargʻona (13,1 %) va Toshkent (10,4 %) viloyatlarida ham sabzavot yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.
Axborot xizmati