16/08/2024

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

2024-yilning 16-avgust kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da

➖ O‘zbekiston va jahon yangiliklari;

➖ “Jadid” gazetasida davlat va jamoat arboblarining dolzarb mavzudagi maqolalari anonsi;

➖ “M-dayjest”da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangiliklari;

➖ “Mahalladan gapiramiz” ruknida mahallalar hayotida yuz bergan yangiliklar haqida so‘z bordi;

➖ “Mutolaa” ruknida Tara Vestoverning “Talaba” asari mutolaasi tinglandi.

Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech