Joriy yilning 16-avgust kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshliq o‘rinbosari M. Salimov hamda boshqarmaning Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga demografiya, mehnat va gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlari oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.
Axborot xizmati