2024-yil 1-iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 3 012 tani tashkil etib, shundan, yirik korxonalar soni 30 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 982 tani tashkil qildi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga ega eng yirik korxonalar Nurobod (231,6 m.), Samarqand (2,0 m.), Toyloq (182,7 %), Samarqand sh. (163,0 %) va Pastdarg‘om (151,3 %) hududlarida kuzatildi.
Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 9 905,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 22,7 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 5 498,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 55,5 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati