19/08/2024

    Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,4 % ga o‘sgan.

Go‘sht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (12,2 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,7 %), Samarqand (11,5 %) va Buxoro (10,3 %) viloyatlarida ham go‘sht yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech