2024-yilning 21-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi hamda Payariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan Payariq tumanida 4-xizmat (jsh) bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligi oʻrganildi.
Kuzatuv davomida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rganildi.
Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan planshet qurilmalariga qayd etib borildi.
Shuningdek, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun mas’ul xodimlarga tegishli tafsiyalar berildi.
Axborot xizmati