Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi raisi T.Sidikovning “Korrupsiya oqibatlari bilan emas, sabablariga qarshi kurashish kerak” mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Repsublikasi Qonunining 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrar ekanligi to‘g‘risida ham yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
Axborot xizmati