22/08/2024

    Dastlabki maʻlumotlarga asosan, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 48 603 tonna baliq ovlangan.

Ushbu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,6 % ga oʻsgan.

Baliq ovlash umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (17,4 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Toshkent (10,3 %), Jizzax (9,9 %) va Andijon (9,4 %) viloyatlarida ham baliq ovlashning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech