Joriy yilning 30-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari Sidikov Tolib Iskandarovich ochib, yigʻilganlarni bayram munosabati bilan qizg‘in tabrikladi.
Aziz vatandoshlar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin! –deya soʻzlarini davom ettirdi T. Sidikov
Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar mustaqilligimiz, uning tarixi haqida yigʻilganlarga qisqacha maʼruza qilishdi.
Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan barcha hamkasblarimizni ishlariga yana bir bor muvofaqqiyatlar tilagan holda, vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligini yuksaltirish borasida koʻp yillik samarali va namunali faoliyatlari, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish borasida yetuk kadrlar tayyorlashda yoshlarimizni vatanparvarlikka, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Axborot xizmati