2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Tojikiston — 51 603 nafar;
Qozogʻiston — 7 735 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 6 218 nafar;
Rossiya — 1 135 nafar;
Turkmaniston — 587 nafar;
Turkiya — 24 nafar;
Afgʻoniston — 19 nafar;
Ozarbayjon — 9 nafar;
boshqa davlatlar — 61 nafar.
Axborot xizmati