Tahliliy natijalarga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri (99,8 %), Narpay (99,5 %), Ishtixon (99,3 %), Jomboy (99,2 %), Oqdaryo (99,1 %) va Payariq (99,0 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 14,5 % ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahri (28,7 %) va Samarqand (31,2 %), Kattaqo‘rg‘on (5,9 %), Pastdarg‘om (3,9 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati