2024-yil yanvar-iyul oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 270,7 mln AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 98,5 % ni tashkil qildi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 22,2 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan va poʻlat (163,8 mln AQSh dollari), toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, boshqa joyda tasniflanmagan tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (43,8 mln AQSh dollari), metalldan tayyorlangan buyumlar boshqa joyda tasniflanmagan (15,7 mln AQSh dollari), Rezina buyumlari, boshqa joyda tasniflanmagan (14,5 mln AQSh dollari), va boshqalardan tashkil topgan.
Axborot xizmati