2024-yilning 13-sentabr kuni, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan shahardagi “G‘arb Machit” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shaharidagi G‘arb Machit MFYda xonadonlarni raqamlash va ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatilishini o‘rganish jarayoni
Axborot xizmati