18/09/2024

    Joriy yilning 16-sentabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida tuman, shahar statistika bo‘lim xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularga mavzuni puxta oʻzlashtirishlari va yakunida bilim darajasi baholanishi haqida aytib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech