Joriy yilning 16-sentabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida tuman, shahar statistika bo‘lim xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish tartibi boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularga mavzuni puxta oʻzlashtirishlari va yakunida bilim darajasi baholanishi haqida aytib o‘tildi.
Axborot xizmati