19/09/2024

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

  

Xususan, «Mikrokreditbank» ATB, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB hamda «Turonbank» ATB va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, «Mikrokreditbank» ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida hamda «Turonbank» ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

 

 

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritilgan.

O‘z navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech