2024-yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 79,9 % to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,9 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023-yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga o‘sgan holda 4 784,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
MA’LUMOT UCHUN: Joriy yilning hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush Samarqand shahrida (2 153,9 mlrd so‘m yoki umumiy hajmning 45,0 %), Payariq tumani (733,1 mlrd so‘m yoki 15,3 %), Kattaqo‘rg‘on tumani (334,9 mlrd so‘m yoki 8,8 %) ga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati