19/09/2024

    O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.

Mazkur musobaqada Statistika agentligi sport targʻibotchisi boshchiligida qur’a tashlash yoʻli bilan oʻzaro raqiblar aniqlandi, hamda hakamlar tomonidan mini-futbol oʻyin qoidalariga ko‘ra nazoratga olindi.

2024-yilning 18-sentabr kuni Samarqand shahrida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Surxandaryo, Qashqadaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlari statistika boshqarmalari xodimlaridan iborat bo‘lgan jamoalar ishtirok etishdi.

Dastlabki saralash o‘yinida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Jizzax jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa ikkinchi uchrashuvda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Surxandaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib g‘alaba qozondi.

Qizg‘in va shiddatli tarzda o‘tgan saralash bosqichining yakuniy o‘yini natijalariga ko‘ra Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasining qo‘li baland kelib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech