20/09/2024

    2024-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 961 ta bo‘lib, jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2,3 foiz ulushini tashkil etdi.

2023-yilning mos davri bilan solishtirganda tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki:

-quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot  89,7 foizni tashkil etdi;

-ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishining o‘sish sur’ati 110,6 foizni;   

-pochta va kuryerlik yo‘nalishi 109,1 foizni tashkil etdi.

Havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni
 38,1 foizni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech