20/09/2024

     2024-yilning 19 sentabr kuni Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi majlislar zalida Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Shukurov, viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev, boshqarmaning  Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi boshlig‘i I. Raxmatovlar ishtirokida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmalari bo‘limlari tomonidan “4 qurilish (jismoniy) shakli xususiy sektorda bajarilgan qurilish hajmi tumandagi jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida”gi choraklik statistik hisobot shakli, hisobot mazmuni, topshirish muddati, hisobotni eStat 4.0 elektron platforma orqali topshirish, hisobotni to‘ldirishda nimalarga e’tibor qaratilishi, hisobotni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan topshirish ro‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi.

Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga Statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan atroflicha javob berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech