2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 5 040,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 721 ming nafarga yoki 16,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Tojikiston – 1 471,5 ming nafar;
Qirgʻiz Respublikasi – 1 450,3 ming nafar;
Qozogʻiston – 1 022 ming nafar;
Rossiya – 535,1 ming nafar;
Turkmaniston – 102,9 ming nafar;
Turkiya – 72,9 ming nafar;
Xitoy – 42 ming nafar;
Hindiston – 39,1 ming nafar;
Janubiy Koreya – 28,2 ming nafar;
Italiya – 25,2 ming nafar;
boshqa davlatlar – 251,3 ming nafar.