25/09/2024

    Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 19 454,8 mlrd so‘mni, 2023-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % ni tashkil etdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 612,1 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 16 842,7 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 114,4 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 864,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 106,3 %) tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida 2023-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan Urgut (108,4 %), Samarqand (108,1 %), Bulung‘ur (107,8 %), Oqdaryo (107,7 %), Ishtixon (107,4 %), Qo‘shrabot (107,4 %), Jomboy (107,2 %) hamda Payariq (107,2 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech