26/09/2024

    2024-yilning 25-sentabr kuni, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi tomonidan Samarqaqnd tumanidagi “Konigil” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech