Joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida, boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich ustoz-murabbiylarning jamiyatimizdagi roli haqida gapirar ekan, ularning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, vatanimiz uchun sadoqatli va salohiyatli kadrlar tayyorlashda ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Siz, azizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!