2024-yilning yanvar-avgust oylarida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 133,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 908,3 mlrd so‘m, qo‘y va echkilar 166,9 mlrd so‘mni, otlar 51,7 mlrd so‘mni, parrandalar 6,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati