2024-yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi 1 434,2 mln AQSh dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,5 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (32,0 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (26,7 %) hamda sanoat tovarlari (24,0 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 98,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 1 430,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 3,8 mln AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati