09/10/2024

    2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 103,4 ming nafarga yoki 37,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;

Tojikiston – 797,6 ming nafar;

Qozogʻiston – 640,2 ming nafar;

Rossiya – 194,7 ming nafar;

Turkiya – 157,7 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;

BAA – 81,4 ming nafar;

Misr – 27,7 ming nafar;

Quvayt – 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;

boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech