10/10/2024

    2024-yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oʻsgan.

Ushbu yoʻnalishda koʻrsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, jami hajmdagi ulushi 53,7 % yoki 7 776,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Hududlar kesimida yashash va ovqatlanish xizmatlarining hajmi, mlrd so‘mda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 288,8;

Andijon viloyati – 327,5;

Buxoro viloyati – 639,4;

Jizzax viloyati – 265,6;

Qashqadaryo viloyati – 451,6;

Navoiy viloyati – 578,5;

Namangan viloyati – 412,3;

Samarqand viloyati – 1 182,6;

Surxondaryo viloyati – 396,3;

Sirdaryo viloyati – 134,4;

Toshkent viloyati – 1 123,2;

Farg‘ona viloyati – 540,1;

Xorazm viloyati – 353,2;

Toshkent shahri – 7 776,4.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech