Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2024-yil 1-oktabr holatiga 41 302 tani tashkil etdi, ulardan 35 413 tasi tadbirkorlik subyektlaridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 37,2 foiz, sanoat – 13 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6 foiz, qurilish – 5,5 foiz, hududilar kesimida esa eng ko‘pi Samarqand shahrida – 28,4 foiz, tumanlardan Samarqand – 8,3 foiz, Urgut – 7,9 foiz, Pastdarg‘om – 7,2 foiz va Kattaqo‘rg‘on tumanida – 5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati