O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6 573,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 20,5 % ga o‘sgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi tegishli davrda:
2022-yilning yanvar-iyun oylarida 2 960,5 mlrd so‘m;
2023-yilning yanvar-iyun oylarida 5 095,1 mlrd so‘m.
Axborot xizmati