17/10/2024

    Joriy yilning -oktabr kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘limlari xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga Statistika agentligi statistika kengashi yig‘ilishining 2-son bayonida sohaga oid ko‘rsatilgan ustuvor vazifalar tushuntirildi hamda ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Vebinar yakunida hududiy statistika boʻlim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.


Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech