Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024-yil 1-oktabr holatiga 35 413 tani tashkil etdi, ulardan 35 203 tasi kichik korxona va mikrofirmalar.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 43,4 foiz, sanoat – 15,2 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 9,5 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6,9 foiz, qurilish – 6,4 foiz, tashish va saqlash – 2,7 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,6 foiz, axborot va aloqa – 2 foiz, boshqa turlari – 11,3 foiz.
Axborot xizmati